06:49 / 23.04.2020
7 896

Nihoyat olimlar koronavirus yuqishining yagona yo‘lini ma’lum qilishdi​

Nihoyat olimlar koronavirus yuqishining yagona yo‘lini ma’lum qilishdi​
Koronavirus infeksiyasining yangi turini yuqtirishning yagona yo‘li kasal odam bilan uzoq muddat yaqin muloqotda bo‘lish ekan. Xuddi shunday xulosaga germaniyalik olimlar o‘z tadqiqotlari yakunida kelishdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Virusologlar Germaniyaning Xaynsberg shahrida keng ko‘lamli tadqiqot o‘tkazgan. Ushbu shaharda 1,4 mingdan kasallanganlar aniqlangan. Olib borilgan o‘rganishlarda ob’ektlar yuzasida virusning tirik alomatlari topilmagan. Mutaxassislar eshik tutqichlari, telefonlar va hojatxonalardan namunalar olishgan. Lekin ulardan topilgan viruslar laboratoriyada yashab ketmagan.

Shundan kelib chiqib, mutaxassislar infeksiya yuqishining eng katta xavfi kasallikni yuqtirgan odamlar bilan muloqotga kirishish degan xulosaga kelishgan. Ya’ni, COVID-19ʼning buyumlardan yuqishi kamdan-kam holatda ro‘y berishi mumkin ekan.

Oldinroq boshqa davlatlarning virusologlari ham shunday fikrlarni ilgari so‘rishgan edi. Ya’ni ular koronavirus faqat kasallik aniqlangan insonga muloqotga kirishish orqali yuqishini bildirishgan edi.

Bular o‘rganishlar asosida kelingan xulosalar, albatta. Shunday bo‘lsa-da, mutaxassislarning tavsiyalariga amal qiling: qo‘llaringizni tez-tez yuvishni unutmang, ko‘chada niqobsiz yurmang!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nihoyat olimlar koronavirus yuqishining yagona yo‘lini ma’lum qilishdi​