Foto: Forbes
Koronavirusga chalinganlarni davolashda kuchli nur ta’siridan foydalanish mumkin. Bu haqda matbuot anjumanida AQSH prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
“Kun sayin biz bu dushman haqida ko‘proq narsa bilmoqdamiz. Ichki xavfsizlik vazirligi olimlari virus o‘zini turli harorat, iqlim, sirtlarda qanday tutishi haqida ma’ruza taqdim qilishdi. Agar biz tanani ultrafiolet yoki shunchaki kuchli nur ta’siriga uchratsak, agar siz nurni organizm ichiga teri orqali yoki yana boshqa bir yo‘l bilan yetkaza olsangiz, bu virusni bir daqiqadayoq yo‘q qiladi”, deb aytgan Tramp.
Oq uy rahbari AQSH ichki xavfsizlik vazirligining tadqiqotiga shu tariqa munosabat bildirgan. Tadqiqotga ko‘ra, koronavirus quyosh nuri va namlik ta’siridan o‘ladi.
Amerikalik olimlar koronavirus iliq va nam iqlimga quruq va sovuq iqlimdan ko‘ra kamroq bardoshli ekanini aniqlashgan.
“Tadqiqotning ko‘rsatishicha, virus quruq va sovuq muhitda yaxshiroq hamda iliq va nam muhitda yomonroq yashay oladi”, deb ma’lum qilgan Tramp.
Vazirlik olimi Bill Brayant ma’lumotlariga ko‘ra, so‘lak tomchisidagi virusning sirtda 21-23 daraja harorat, 20 foiz namlik va quyosh nuri bo‘lmaganda yarim parchalanish davri 15 soatni, xuddi shu sharoitda, biroq namlik 80 foiz bo‘lganda 6 soatni tashkil qiladi. Harorat 35 daraja va namlik 80 foiz bo‘lganda bu davr 1 soatni, harorat 21-23 daraja, namlik 80 foiz va yozgi vaqtda 2 daqiqani tashkil qilar ekan.
Virus aerozol zarralarida bo‘lgan holatda harorat 21-23 daraja, namlik 20 foiz va quyosh nuri bo‘lmaganda uning yarim parchalanish davri 60 daqiqani, shu sharoitlarda, biroq yozgi ob-havoda 1,5 daqiqani tashkil qiladi.
Avvalroq quyosh nurining koronavirusga ta’siri haqida Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ham gapirib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, virus tarqalishi sekinlashishi uchun quyosh nuri bilan birga, iliq harorat ham zarur bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi