Foto: NBC
AQSH prezidentligiga demokratik partiyadan nomzod bo‘lgan Jo Bayden amaldagi prezident Donald Tramp noyabrdagi saylovlarni kechiktirishga urinishini aytdi. Baydenning fikricha, respublikachilar yetakchisi saylovda g‘olib chiqish imkoniyatlarini oshirish maqsadida shunday yo‘l tutishi mumkin.
«Ko‘rasiz, Tramp saylovlarni qoldirishga urinib ko‘radi. Saylovlar nega o‘tkazilmasligini izohlash uchun sabablar ham keltiradi. So‘zlarimni eslab qoling», deb Baydenning so‘zlarini keltirgan SBC.
Bayden saylovdagi raqibi Trampni tanqid qilar ekan uning AQSH pochta xizmatiga yordam berishni xohlamagani uchun aybladi. 10 aprel kuni AQSH pochta xizmati hukumatga yordam so‘rab murojaat qilgan, ammo Tramp tashkilotga yordam berish shart emas deb hisoblagan.
Mamlakatdagi aksilinqiroz dasturi uchun ajratilgan 2,2 trillion dollardan bir dollari ham federal pochta xizmatiga yordam uchun berilmagan. Bayden Trampning bu qarorini «Amerikaga xos bo‘lmagan» deb baholadi.
Barak Obama vaqtida AQSH vitse-prezidenti bo‘lgan Jo Bayden prezidentlik saylovlarida demokratlarning asosiy nomzodi bo‘lishi deyarli aniq. Avgustda partiya uni yagona nomzod sifatida e’lon qilsa, Bayden 3 noyabrdagi saylovlarda amaldagi prezident respublikachi Donald Tramp bilan kurashadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin