Foto: Reuters
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus chaqiruvchi kasallikni tashxislash va davolash texnologiyalarini ishlab chiqishni tezlashtirishga qaratilgan yangi xalqaro tashabbusni yo‘lga qo‘ydi.
Ushbu munosabat bilan tantanali marosim Jenevada bir qator xalqaro tuzilmalar va davlatlar vakillari ishtirokida teleanjuman rejimida bo‘lib o‘tdi.
JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus videoanjumanni ochib, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronga hamda saxovatpeshalar Bill va Melinda Geytsga tashabbusdagi ishtiroklari uchun minnatdorlik bildirdi.
“Biz umumiy xavf oldida turibmiz, biz uni birgalikda harakat qilibgina yenga olamiz”, deb aytgan JSST rahbari va dunyo pandemiyaga qarshi kurash uchun samarali vositalarga “o‘tkir ehtiyoj” sezayotganini qo‘shimcha qilgan.
Yangi tashabbus “COVID-19’ga qarshi vositalarga egalik qilishni tezlashtirish” (Access to COVID-19 Tools Accelerator) deb nom olgan.
“Barchamiz hamma odamlar koronavirus ustidan g‘alaba uchun muhim bo‘lgan barcha vositalarga ega bo‘lishlari tarafdorimiz”, deb qo‘shimcha qilgan Gebreyesus.
O‘z navbatida, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirus chegara bilmasligini va hamma yerda odamlarga xavf solayotganini aytgan. “O‘zaro bog‘liq dunyoda xavfsizlikda emas ekanmiz, hech qaysi birimiz xavfsizlikda bo‘la olmaymiz”, deb aytgan BMT rahbari va insoniyat birgalikda harakat qilib, joriy pandemiyadan g‘olib bo‘lib chiqishiga ishonishini ta’kidlab o‘tgan.
JSSTda tushuntirilishicha, yangi tashabbus o‘zidan “koronavirusning oldini olish, uni tashxislash va davolash bo‘yicha xavfsiz va samarali texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llashni tezlashtirishda global hamkorlik va sheriklikni” aks ettiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?