2 360
Maykl Pompeo Xitoy hukumati koronavirus haqida 2019 yil noyabr oyidayoq bilganini taxmin qildi
Foto: Reuters
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Xitoy hukumatining koronavirus haqida 2019 yil noyabr oyidayoq xabardor bo‘lganini taxmin qildi. Pompeo bu haqda radioboshlovchi Larri O’Konnorga bergan intervyusida aytib o‘tgan, deb yozmoqda AQSH davlat departamentining rasmiy sayti.
Uning aytishicha, AQSH hali ham Xitoydan Uxanda aniqlangan koronavirus namunalarining asl nusxasini olishni istamoqda.
«Xitoy hukumati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat haqida dekabr o‘rtalarida emas, balki noyabr oyida bilgan bo‘lishi mumkin. Ular bu haqda butun dunyoni boxabar qilish, jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ma’lum qilishni kechiktirgan», — deydi Pompeo.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyga COVID-19 tarqalishini surishtirish uchun mutaxassislar yubormoqchi ekanini bildirgandi. Isroildagi telekanallardan birida AQSHning o‘z hamkorlarini koronavirus haqida noyabr oyida ogohlantirgani xabar qilingan.
Shuningdek, AQSH Xitoydan koronavirusning kelib chiqish sabablari bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Pompeoning fikricha, Xitoy kasallik tarqalishi yuzasidan muhim axborotga ega bo‘lgan, ammo uni o‘z vaqtida oshkor qilmagan. Kreml esa bunga qarshi chiqib, Xitoy koronavirusga oid ma’lumotlarni yashirgani to‘g‘risida dalillar yo‘qligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi