Foto: Moskva meriyasining matbuot xizmati
Sechenova nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti immunologiya, virusologiya va mikrobiologiya kafedrasi mudiri Vitaliy Zverev yana bir koronavirus pandemiyasi sodir bo‘lishi ehtimolining juda past ekanini qayd etdi. Olim bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova o‘tkazgan yig‘ilishda gapirgan, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Virusolog kelajakda butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin o‘sib ketmasligi, sababi Yer shari aholisining 15-20 foiz qismida kasallikka qarshi immunitet shakllanayotganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin cheklovlarini asta-sekin bekor qilayotgan mamlakatlarda aholining beshdan bir qismida immunitet hosil bo‘lgan.
«Shu sababli bizda ham yana kasallanish holati hozirgidek yuqori bo‘ladi, degan gap-so‘zlardan qo‘rqmaslik kerak. Menimcha, keyinchalik hozirgi darajadagi epidemiya bo‘lmaydi», — degan u.
Avval «Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popova koronavirus pandemiyasini bekor qilish uchun asosiy talab nima ekanligini oshkor etgandi. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra koronavirusning odamdan odamga yuqishi aholining 60 foizida infeksiyaga qarshi immunitet shakllanganda to‘xtashi mumkin.
24 aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada bir sutka ichida 5849 ta kasallanish holati qayd etilgan. COVID-19’ga chalinganlarning asosiy qismi Moskva shahri va Sankt-Peterburgda yashaydi. Mamlakat miqyosida koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 68 mingdan oshib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi