2 660
Britaniyalik 99 yoshli qariya bog‘ida sayr qilib koronavirusga qarshi kurashga 30 mln funt to‘pladi
Foto: Legion-media
30 aprel kuni 100 yoshni qarshilaydigan Buyuk Britaniya fuqarosi Tom Mur koronavirusga qarshi kurashga 30 million funt sterling to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun u tug‘ilgan kunida o‘zining 25 metrli bog‘ini 100 marotaba aylanishga va’da bergan, deb xabar qiladi Deutsche Welle.
Mur karantin boshlanguniga qadar tos va son suyagi bo‘g‘imlarini operatsiya qildirgan. Shifokorlar unga ko‘proq sayr qilishni maslahat bergan. Britaniyalik buni foyda keltirish yo‘li orqali bajarishga qaror qilgan.
9 aprel kuni u bog‘i bo‘ylab uch kilometr masofani bosib o‘tishga va buning uchun odamlarni xayriya qilishga chaqiruvchi chellenjni boshlab bergan. Mur yig‘ilgan pullarni COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashuvchi tashkilotlarga topshirishini ma’lum qilgan.
Faxriyning so‘zlariga ko‘ra, u ming funt sterling to‘plash niyatida bo‘lgan. Ushbu mablag‘ tezda yig‘ilgan, shunda Mur o‘z oldiga 10 ming funtlik marrani qo‘ygan. Biroq bu mablag‘ ham tezda yig‘ila qolgan.
Foto: Legion-media
Britaniyalik haqida butun mamlakat xabar topgan. U har kuni oqko‘ngil fuqarolardan yuzlab maktublar olmoqda. Murning aytishicha, hozirga qadar unga 70 mingdan ortiq maktub yuborilgan.
«U ajoyib ish qilmoqda. U 99 yoshli faxriy, ya’ni doim oldinda bo‘lgan. Hozir ham u oldinda bo‘lib, barchamizni o‘zining qat’iyati bilan ilhomlantirmoqda», — degan shahzoda Uilyam va Keyt Middlton.
Ta’kidlanishicha, 16 aprel kuni Mur o‘z marafonini yakunlashi arafasida uning bog‘ida Yorkshir polkining harbiy xizmatchilaridan iborat faxriy qorovul saf tortgan. Qachonlardir qariya ushbu polkda xizmat qilgan.
Foto: Legion-media
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, faxriyga Pride of Britain («Britaniya g‘ururi») mukofotini topshirish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?