19:53 / 25.04.2020
2 651

Saudiya Arabistonida qamchilash jazosi bekor qilindi

Saudiya Arabistonida qamchilash jazosi bekor qilindi
Saudiya Arabistonida noqonuniy xatti-harakatlari uchun jazo turi sifatida qamchilash taqiqlandi. Bundan buyon ushbu jazo turi jarima yoki qamoq bilan almashtiriladi.

Ta’kidlanishicha, qaror valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon nazorati ostida qirol Salmon ibn Abdulaziz rahbarligida amalga oshirilgan inson huquqlari islohotlari doirasida qabul qilingan. Qamchi bilan urish mamlakatda eng keng tarqalgan jazo turi sifatida qaralardi. Bu esa inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning keskin noroziligiga sabab bo‘lib kelgan.

Qamchilash jazosi mamlakatda oxirgi marta 2015 yilda mahalliy blogerga nisbatan ishlatilgan bo‘lib, o‘shanda uni 1000 marta qamchilashgan.

Ma’lumot uchun, Muhammad bin Salmon so‘nggi yillarda mamlakatda shunga o‘xshash jazo va cheklov choralarini bekor qilmoqda. Jumladan, 2019 yil dekabr oyida Saudiya Arabistoni Adliya vazirligi 18 yoshga to‘lmaganlarning nikohini taqiqladi. 2018 yilda qirollikning ayol fuqarolariga mashina haydash va futbol o‘yinlariga tashrif buyurishga ruxsat berildi. Shuningdek, qirollik ayollariga chet elga mustaqil safar qilishidagi cheklovlar ham olib tashlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonida qamchilash jazosi bekor qilindi