
Yel universiteti olimlari koronavirus infeksiyasini tashxislash uchun test tizimini ishlab chiqdilar. Uni tibbiy xodimlarni jalb qilmasdan turib ham, uyda ishlatish mumkin. Tadqiqot to‘g‘risidagi hisobot medRxiv portalida chop etilgan.
Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda aholini ommaviy ravishda tashxislash imkonini beradigan test uchun juda katta talab bor. Hozirda qo‘llanilayotgan testlarni tibbiy xodimlar o‘tkazishi talab etiladi va ba’zida noto‘g‘ri natijalar beradi.
Yel universiteti tadqiqotchilari 165 kishidan iborat guruhni sinovdan o‘tkazib, unda so‘lakdan biologik namuna sifatida foydalanishgan. So‘lakni namuna sifatida ishlatish kasallikning butun davri davomida natijaning yanada aniq chiqishini ko‘rsatgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, koronavirus testini tibbiy xodimlarning infeksiya yuqtirish xavfini oshirmay turib, mustaqil o‘tkazish mumkin.
Hozirda AQSH hukumati SARS-CoV-2 koronavirusini aniqlash uchun 63 xil test tizimidan foydalanishga ruxsat bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar