Dunyo OAV Kim Chen In haqida nimalar demoqda?

Dunyo OAV Kim Chen In haqida nimalar demoqda?
— G‘arb ommaviy axborot vositalari KXDR yetakchisi vafot etgani haqidagi xabarlarni qayta-qayta berishmoqda. Nashrlar xitoylik jurnalistga, xitoylik jurnalist esa o‘zining “manbalari“ga tayanmoqda.
— Yaponiya OAVda yurak operatsiyasidan so‘ng Kim Chen In “vegetativ holatda“ ekanligi xabar berilyapti, mamlakat esa uning o‘rniga singlisini lider sifatida tayyorlamoqda.
— yana Kim Chen In COVID-19ga chalingani haqidagi xabarlar ham bor, Xitoy esa Shimoliy Koreyaga bir guruh tibbiyotchi ekspertlarini yuborgan.
— KXDR markaziy televideniyesi esa davlat rahbari tirik ekanligini ishora qilgan.

Yana nimalar ma’lum:
— Kim Chen In 15 aprel kuni bobosi Kim Ir Senning tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etmagan.
— KXDR parlamentining 12 apreldagi sessiyasi Kim Chen Insiz o‘tgan
— Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarda Kim Chen Inga tegishli ekanligi taxmin qilinayotgan poyezd 21 apreldan buyon Shimoliy Koreya liderining Vonsandagi qarorgohi yaqinidagi stansiyada turibdi, deb xabar bergan Reuters.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar