Foto: Time
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga prezident Vladimir Putinning maxsus aloqa telefoni qanday ishlashini tushuntirib berdi. Bu haqda Peskov «Moskva. Kreml. Putin» dasturiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin hukumat a’zolari, administratsiya xodimlari va boshqa lavozimdagi amaldorlar bilan bog‘lanishi uchun birgina tugmani bossa kifoya. Mamlakat rahbari vakilining ta’kidlashicha, bu kabi aloqa turi yangilik hisoblanmaydi.
2020 yilning fevralida Putin maxsus telefon tarmog‘idan foydalanishini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, prezident texnik rivojlanishni to‘xtatib bo‘lmasligini, biroq u o‘zini yangi gadjetlarsiz qulay his qilishini tan olgan.
Avvalroq Peskov Putinning smartfonlardan foydalanmasligi haqida gapirib, buni smartfon foydalanuvchisi o‘zi va hayotini «omma uchun ko‘rgazmaga» qo‘yishi bilan izohlagan edi. Peskovning qayd etishicha, maxsus aloqa telefonlari barcha gadjetlardan uzoq umr ko‘radi.
COVID-19 pandemiyasi fonida barcha masofadan turib ishlashga o‘tdi, Putin ham bundan istisno emas. 1 apreldan boshlab Rossiya prezidenti o‘zining Novo-Ogaryovodagi qarorgohida ishlamoqda. Biroq mamlakat rahbarining kommunikatsiyasi faqatgina telefon emas, balki videoaloqa servislari orqali ham amalga oshirilmoqda.
OSINT mutaxassislarining aniqlashicha, Putin videokonferensaloqa tizimida Amerikaning Polycom kompaniyasi mahsulotidan foydalanadi. Buni yetkazib berish Moskvadagi «Stel» kompaniyasi va «Rostelekom» hamkorlikdagi loyiha doirasida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, barcha muhim amaldorlar Polycom’dan foydalanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi