Rossiya bug‘doyining bir tonna narxi juma kuni 222 dollarga tushib ketdi. 12,5 foizi oqsil bo‘lgan bug‘doyning bir hafta oldingi qiymati 232 dollarni tashkil etgan edi.
Tahlilchilar ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning may-iyun oylarida Rossiya Federatsiyasi qariyb 3 million tonna don eksport qiladi.
RF Qishloq xo‘jaligi vazirligi yakshanba kuni mamlakatning ikkinchi chorakda donli mahsulotlari eksporti uchun kvota to‘liq tanlanganini ma’lum qilgan edi. Rossiya kvota bo‘yicha e’lon qilingan barcha tovarlar eksport qilinganidan keyingina chet elga etkazib berishni to‘xtatadi.
Marketing mavsumi boshidan to 23 aprelgacha Rossiya 34,1 million tonna donli mahsulotlarni eksport qilishga ulgurgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga kam degani. Xususan, bug‘doy eksporti 29,2 million tonna (o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga kam), arpa 2,66 million tonna (35 foizga kam), makkajo‘xori 2,21 million tonna (2 foizga ko‘proq)ni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi