Nyu-Yorkda koronavirus epidemiyasi vaqtida shifokorlarga bag‘ishlangan America Strong (Amerika kuchli) deb nomlangan aviashou o‘tkazildi.
AFP axborot agentligining xabar berishicha, 28 aprelda ikkita aviatsiya eskadrilyasi – AQSH harbiy-havo kuchlari Thunderbirds guruhining 6 ta va Blue Angels guruhining 6 ta samolyoti ko‘rgazmali parvozlar amalga oshirgan. So‘ngra samolyotlar Filadelfiya tomon yo‘l olgan.
@AFThunderbirds @BlueAngels @usairforce @USNavy view of flyover from Newark University Hospital #AmericaStrong #InThisTogether pic.twitter.com/Izfe4PoFLP
— Jeremy Crisp (@paojeremy) April 28, 2020
Samolyotlar shaharning barcha tumanlari uzra uchib o‘tgan. Thunderbirds eskadrilyasi sardori Jon Kalduellning ta’kidlashicha, uchuvchilar “shahar aholisi xavfsizligi uchun jonbozlik qilayotgan barchaga hurmat bajo keltirish”dan xursand bo‘lishgan. Ushbu parvozga bir oy davomida tayyorgarlik ko‘rilgan.
Bunday parvozlar AQSHning turli shaharlarida may o‘rtasigacha davom etadi. Ulardan maqsad mamlakat aholisini, ayniqsa og‘ir sharoitlarda ishlayotgan shifokorlarni ilhomlantirish hamda uchuvchilarga mashg‘ulot o‘tkazish va o‘z malakasini yo‘qotmaslikda yordam berish hisoblanadi.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi kurashayotganlar va virusdan vafot etganlar sharafiga harbiy aviatsiyaning ko‘rgazmali parvozlari o‘tkazilishini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?