Foto: Dreamstime
15 aprelda Fox News telekanali o‘z manbasiga asoslanib, virus Uhandagi laboratoriyada yaratilgani, u tajribada qatnashgan tadqiqotchilardan biriga yuqish orqali tarqalganini e’lon qilgandi.
Yangi turdagi koronavirus laboratoriyada yaratilmagan va genetik o‘zgartirilmagan. AQSH milliy razvedkasi direktori apparati ana shunday bayonot berdi.
"AQSH razvedka hamjamiyati COVID-19 virusi inson tomonidan yaratilmagan yoki genetik o‘zgartirilmagan degan ilmiy xulosaga qo‘shiladi", - deyiladi unda.
Qayd etilishicha, razvedka kasallik hayvon bilan muloqot natijasida yoki Uhandagi laboratoriyadagi baxtsiz hodisa oqibatida paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘rganishda davom etadi.
15 aprelda Fox News telekanali o‘z manbasiga asoslanib, virus Uhandagi laboratoriyada yaratilgani, u tajribada qatnashgan tadqiqotchilardan biriga yuqish orqali tarqalganini e’lon qildi.
Oldinroq Washington Post ham bu borada maqola e’lon qilgan. Unda yozilishicha, amerikalik diplomatlar 2018 yil Uhandagi laboratoriyaga bir necha marta borgan va u yerda ko‘rshapalaklar ustida xavfli tajribalar o‘tkazilayotganini aniqlashgan. Diplomatlar Vashingtonga Uhandagi laboratoriya xavfli ekanidan ogohlantirib xat yuborishgan.
Rasmiy ma’lumotlarda esa koronavirus tabiiy holatda paydo bo‘lgani aytiladi. Xususan, JSST ham koronavirus odam tomonidan yaratilishi mumkin emasligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi