23:23 / 01.05.2020
3 099

Rossiyalik olim koronavirusning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum qildi

Rossiyalik olim koronavirusning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum qildi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Sergey Petrikovning ma’lum qilishicha, koronavirusning o‘ziga xos xususiyati mavjud. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan xastalangan bemorning ahvolida keskin o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.

«Bu infeksiyaning o‘ziga xosligi shundaki, bemor o‘zini juda yaxshi his qilishi mumkin, biroq bir kundan keyin uning ahvoli yomonlashadi va u vafot etadi», — deya ta’kidlagan olim.
Petrikov imkoniyat darajasida uydan chiqmaslikka va karantinga chidashga chaqirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 114 431 kishiga yetgan. Kasallikdan 13 220 kishi tuzalishga muvaffaq bo‘lgan, 1169 nafar bemor kasallik oqibatida vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik olim koronavirusning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum qildi