Foto: Getty Images
Ispaniya 2 maydan boshlab koronavirusga qarshi karantin choralarini yengillashtirdi, aholiga sayr qilish va toza havoda sport bilan shug‘ullanish ruxsat berildi. «RBK»ning xabar berishicha, bu haqda mamlakat hukumati saytida e’lon qilindi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi 2 maydan boshlab sayr qilish va ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish uchun turli yoshdagi guruhlarga muayyan vaqtlarni belgiladi:
- 14 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar soat 06:00 dan 10:00 gacha va 20:00 dan 23:00 gacha;
- 70 dan oshgan shaxslar va alohida yordamga muhtoj fuqarolar 10:00 dan 12:00 gacha va 19:00 dan 20:00 gacha;
- voyaga yetmaganlar esa soat 12:00 dan 19:00 gacha ko‘chaga chiqishi mumkin.
Yoshi kattaroq odamlar yoshlar bilan to‘qnash kelmasligi uchun vaqt shunday alohida ajratib chiqilgan. Ispanlar faqat istisno holatlarda, agar bunga tibbiy sabablar bo‘lsa, belgilangan vaqtga amal qilmasligi mumkin.
Shuningdek, vazirlik bunday vaqt cheklovlari faqat aholisi 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan munitsipalitetlarga mo‘ljallangani, qolgan hududlar aholisiga sayr qilish va ko‘chada sport bilan shug‘ullanish soat 06:00 dan 11:00 gacha ruxsat berilgani ta’kidlangan.
Karantin choralarining yumshatilishi koronavirusga chalingan va kasallangan yoki kasallanganlikda gumon qilinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun izolyatsiyada bo‘lgan fuqarolarga tatbiq etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi