
Birlashgan Arab Amirligida qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar prezident Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat yo‘llashdi.
Ularning aksariyati turistik viza bilan borganlar yoki ishidan ayrilganlardir. Aytilishicha, ularning ish so‘rab qilgan murojaatlariga rad javobi berilmoqda. Ko‘pchiligi bir oydan buyon uydan umuman chiqa olmay qolishgan, bor pullarini esa sarflab bo‘lishgan. BAAning har taraflama qimmat sharoiti ularning ahvolini tang qilib qo‘ygan.
Karantin sabab qiyin vaziyatga tushgan, ishsiz, pulsiz qolgan bu yurtdoshlarimiz tezroq charter reyslari yo‘lga qo‘yilishini iltimos qilishmoqda. Hech bo‘lmaganida, birinchi navbatda qiyin sharoitda qolgan ayollar, bolalar va bemorlarning O‘zbekistonga qaytarilishini so‘rashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar