Foto: Cosmopolitan
Buyuk Britaniya qirolichasi dunyodagi eng keksa davlat rahbari hisoblanadi. U 94 yoshda bo‘lishiga qaramay, baquvvat va yoshiga nisbatan ancha yosh ko‘rinadi. Buning boisi uning taomnomasi va undagi foydali mahsulotlar bilan bog‘liqdir, balki. Cosmopolitan nashri qirolichaning ovqatlanishda rioya qiladigan 6 siri bilan bo‘lishdi.
1. Kichik porsiya
Foto: Cosmopolitan
Sobiq qirollik oshpazi Darren MakGreydining ta’kidlashiga qaraganda, shahzoda Filippdan farqli o‘laroq, qirolicha kichik porsiya iste’moliga odatlangan, u to‘rtta katta porsiyadan ko‘ra, uchta kichik yeyishni ma’qul ko‘radi. Yelizaveta amal qiladigan mazkur odatning samarali ekani parhez tutadiganlarga yaxshi ma’lum. Kam porsiya iste’mol qilish, kaloriyani 25% kamaytiradi va yog‘larning erishiga yordam beradi.
2. Nimani sevsangiz, shuni iste’mol qiling
Foto: Cosmopolitan
Qirolicha shokoladli biskvitni juda ham yaxshi ko‘radi va bu turdagi shirinlikni har kuni yeyishi mumkin. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, tong shokolad yoki muzqaymoq bilan qarshi olinsa, kun davomida ochlik hissi bilan kurashish qiyin bo‘lmaydi.
3. Shokolad
Foto: Cosmopolitan
Yuqorida ta’kidlanganidek, Yelizaveta II shokolad yeyishni yoqtiradi, lekin oq yoki sutli shokolad emas. Uning tanlovi tarkibida kakao 60% dan yuqori bo‘lgan achchiq shokoladda to‘xtagan. Mazkur shokolad tarkibida yurak uchun foydali flavonoid moddasi bor.
4. Mavsumiy meva va sabzavotlar
Foto: Cosmopolitan
Qirolicha qulupnayni yaxshi ko‘radi, lekin ushbu mevani faqat yozda iste’mol qiladi. Tadqiqotchilar ham meva va sabzavotlarni o‘zi yetishriladigan mavsumda yeyishni tavsiya qiladi, shunda ta’siri yanada foydaliroq bo‘lishini ta’kidlaydi.
5. Baliq mahsulotlari
Foto: Cosmopolitan
Qirolicha kunning ikkinchi qismida dudlangan lososdan tayyorlangan sendvich, tushlik yoki kechki ovqat uchun esa gril qilib pishiriladigan baliq tanovul qiladi. Aftidan, qirolichaga baliq mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar nafaqat mazali, balki foydali ekani, tarkibidagi yog‘ kislotalari miya faoliyatini yaxshilashi ma’lum chog‘i.
6. Choy
Foto: Cosmopolitan
Qirolichani choysiz tasavvur qilish mumkin emas. Uning sevimli choyi Earl Grey bo‘lib, ushbu choy tarkibidagi flavonoid organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Bundan tashqari choy qon bosimini tushiradi, tuxumdon saratoni xavfining oldini oladi va ozishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi?
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi