
Qozog‘istonning Turkiston viloyatiga yopirilgan quyun Oqqo‘yli qishlog‘ida joylashgan ko‘plab uylarga zarar yetkazdi, deb xabar beradi Tengrinews.
Mamlakat IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining ma’lum qilishicha, videoda tasvirlangan holat 2 may kuni Turkiston viloyatidagi Oqqo‘yli qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Tezligi soniyasiga 20 metrga qadar yetgan kuchli shamol 17 ta uyning tomini buzib tashlagan. Jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q.
Videolarning birida shu qishloq fuqarosi quyunning oqibatlari haqida gapirib, buzilgan uylarni tasvirga olgan.
Qozog‘istonTurkiston viloyatiOqqo‘yli qishlog‘iFavqulodda vaziyatlarKuchli shamolBuzilgan uylar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar