Foto: AP Photo/Ronald Zak
Bu haqda AQSH-Kanada konsalting agentligi tuzgan “Dunyoning eng ekologik toza 10 shahri 2020” reytingiga tayanib Vena meriyasi xabar qildi. Reyting 22 aprelda nishonlanadigan Xalqaro Yer kuni munosabati bilan tuzilgan.
Mutaxassislar 100 dan ko‘p shaharni 9 ta mezon bo‘yicha baholashgan: yashil ekinzorlar maydoni, tiklanuvchi manbalardan iste’mol qilinadigan energiya hajmi, jamoat transportidan foydalanish davriyligi, havodagi qattiq zarralar miqdori, aholi jon boshiga suv iste’moli, chiqindilarni qayta ishlash dasturi mavjudligi, chiqindilarning kompostlanishi, fermer bozorlari miqdori. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Vena, shuningdek, bog‘lar miqdori va jamoat transporti rivojlanganligi bo‘yicha ham eng yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyish qilgan.
Reytingda 2- va 3-o‘rinlarni Germaniyaning ikkita shahri - Myunxen va Berlin egallagan. Undan keyingi o‘rinlarni Madrid (Ispaniya), San-Paulu (Braziliya), Manchester (Britaniya), Lissabon (Portugaliya),Singapur, Amsterdam (Niderlandiya) va Vashington (AQSH) egallagan.
“Shahrimizning reytingdagi muvaffaqiyati Vena ko‘plab sohalarda boshqa megapolislar uchun o‘rnak hisoblanishini ko‘rsatadi. Vena aholisi uchun ochiq bo‘lgan bog‘lar va ko‘plab daraxtzorlar shahardagi yuqori turmush darajasini ifodalaydi”, deb aytgan shahar meri Mixael Lyudvig.
2019 yilda Vena Economist Intelligence Unit nashrining Global Liveability Index 2019 reytingida turmush darajasi bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi shahar deb topilgandi. Avvalroq Avstriya poytaxti Mercer konsalting kompaniyasi talqini bo‘yicha qatorasiga bir necha yil yashash uchun eng yaxshi shahar deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi