
Foto: Twitter
AQSH politsiyasi Pittsburg universiteti tadqiqotchisi Bin Lyuning o‘limi yuzasida tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Olim koronavirus pandemiyasiga sabab bo‘lgan infeksiya haqida muhim kashfiyot qilishga yaqin turgandi. Bu haqda CNN xabar qilgan.
Xabarga ko‘ra, erkak 2 may kuni o‘z uyidan o‘lik holda topilgan, Lyuning bo‘yin qismi, boshi, tanasi va qo‘l-oyoqlarida o‘qotar quroldan yaralanish alomatlari bo‘lgan.
Tergovchilar Lyuni tanishi otgani va qotillikdan keyin uydan chiqib, mashinasiga o‘tirib o‘z joniga suiqasd qilgan deb hisoblamoqda.
Huquq-tartibot idoralari professorning xitoylik bo‘lgani uchun otib o‘ldirilgani haqidagi taxminlar haqiqatdan yiroqligini bildirgan.
Olimning hamkasblari, Lyuning SARS-CoV-2 hujayra organizmlari va ular chaqiradigan o‘zgarishlarning prinsiplari haqida kashfiyot qilish arafasida bo‘lganini ta’kidlagan.
AQSHPittsburg UniversitetiKoronavirusTergov IshlariOlimning O‘limiKashfiyot Qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar