Foto: BBC
AQSH prezidenti Donald Tramp COVID-19 pandemiyasini Ikkinchi jahon urushi vaqtida Perl-Xarbor harbiy bazasiga uyushtirilgan hujum bilan taqqosladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
«Biz mamlakatimizga uyushtirilgan eng yomon hujumni boshdan o‘tkazdik. Bu Perl-Xarbordan yomonroq, bu 11 sentabrdan yomonroq», — deya bayonot bergan Donald Tramp.
AQSH prezidentining qo‘shimcha qilishicha, u pandemiyani xuddi urushdek qabul qilmoqda.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo 3 may kuni Vashington koronavirus Uxandagi laboratoriyada tarqalishni boshlaganini isbotlovchi ma’lumotlarga ega ekanligini ma’lum qilgan. Biroq keyinchalik u olimlarning koronavirus tabiiy usulda paydo bo‘lgani haqidagi bayonotidan xabardor ekanligini qo‘shimcha qilgan va ularning aniqligiga shubha bildirmagan. Shundan keyin u virusning tarqalishi qandaydir maqsad yoki hodisaga bog‘liqligi haqidagi savolga javob bermagan.
Perl-Xarbor Gavayi orollarida joylashgan port bo‘lib, uning katta qismi AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining Tinch okeani floti bazasiga tegishli. 1941 yilning 7 dekabr kuni Yaponiya Perl-Xarbor bazasiga hujum uyushtirgan. Natijada 21 ta jangovar kema, 350 ta samolyot yo‘q qilingan yoki jiddiy zarar ko‘rgan, 2390 kishi halok bo‘lgan va 1700 nafardan ortiq odam jarohat olgan. Mazkur hujumdan keyin AQSH Ikkinchi jahon urushiga qo‘shilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi