
Foto: Reuters
Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask va kanadalik qo‘shiqchi Grayms yaqinda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga X Æ A-12 deb ism qo‘ydi, deb yozadi Meduza. Aftidan, bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiga boshqa ism qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Bu ism quyidagicha kengaytiriladi:
X — noma’lum o‘zgaruvchi;
Æ — Graymsning aytishicha, bu belgi elflar tilida sun’iy ong ma’nosini beradi, shu bilan birga, sevgi so‘zi ham shunday yoziladi;
A-12 — juftlikning sevimli samolyoti — Lockheed A-12.
We really need to see picture of the baby !! Please do share.
— Tesla in the Gong (@TeslaGong) May 5, 2020
X Æ A-12 dunyoga kelgan Kaliforniya shtati qonunchiligiga ko‘ra, bolaga ism qo‘yishda ingliz alifbosidagi 26 ta harfdan, shuningdek, apostrof va chiziqchalardan foydalanish mumkin. Emoji, raqamlar va boshqa tushunarsiz belgilardan foydalanish taqiqlangan.
Demak, bolaning ismidagi Æ va A-12 belgilari qonunchilikka to‘g‘ri kelmaydi.
Mask va Grayms uyda chaqaloqni istagancha chaqirishi mumkin, biroq tug‘ilganlik haqidagi guvohnomadagi ism qonunchilikka mos bo‘lishi kerak.
Ilon MaskX Æ A-12GraymsKaliforniya ShtatiTug‘ilganlik GuvohnomasiQonunchilik Talablari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar