12:53 / 09.05.2020
3 250

Tramp koronavirusning o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishini aytdi

Tramp koronavirusning o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishini aytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirusning o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishiga ishonchi komil ekanligini bildirdi. Bu haqda Daily Mail xabar qilgan.

«Men bu gaplarni shifokorlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib gapiryapman. Ular infeksiyaning yo‘qolishini aytishdi. Bu koronavirus 2020 yilda, kuzda yoki kuzdan keyin yo‘q bo‘lishini anglatmaydi. Muayyan davrga borib, u o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Lekin shunga qaramay ixtiyorimizda vaksina bo‘lsa, bu foyda beradi», – degan Tramp.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasining butun dunyoda tarqalishi pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qilgan. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra SARS-CoV-2 koronavirusini butun dunyoda 3,6 million nafar odam yuqtirib olgan, 254 ming nafardan ko‘proq bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp koronavirusning o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishini aytdi