
Iqlim sharoitlarining koronavirus tarqalishi faolligiga ta’sir yo‘q. Canadian Medical Association Journal jurnalida chop etilgan tadqiqot xulosasi ana shunday.
Olimlar 144ta geosiyosiy hududdagi 375 600dan ortiq koronavirusga chalinish holatlarini o‘rgandi. Mutaxassislar kenglik, harorat, namlik kabi omillarni hisobga olgan holda 20 martdan 27 martgacha kasallik yuqtirish dinamikasini solishtirib chiqdi. Bundan tashqari, kasallik tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ham hisobga olindi.
Tadqiqotchilar kenglik yoki haroratning koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq jihatini topmadi. Ular vaziyatga maktablarni yopish, ijtimoiy masofa saqlash va jamoat sog‘lig‘ini saqlash tadbirlari ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi degan xulosaga keldi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 4 mln kishidan oshgan, 254 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Iqlim SharoitiKoronavirus TarqalishiGeosiyosiy HududTadqiqot NatijalariSog‘liqni SaqlashIjtimoiy Masofa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar