
Foto: Harper’s Bazaar
Amerikaning Lifetime televizion tarmog‘i tomonidan Megan Markl va shahzoda Garri haqida film suratga olinadi. Bu haqda Harper’s Bazaar nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, film «Garri va Megan: Qasrdan qochish» deb nomlanib, syujet juftlikning qirollik oilasini tark etib, Britaniyadan AQSHga ko‘chib ketishi sabablarini ichiga oladi.
Ta’kidlanishicha, loyiha bo‘yicha prodyusserlar Meredit Finn, Mishel Vays, ssenariy ustida esa Skarlett Leysi ishlamoqda. Filmda juftlikning ota-ona bo‘lgani, farzandi kelajagi uchun taxtdan voz kechgani aks etadi. Bosh qahramonlar rolini kim ijro etishi hozircha ochiqlanmagan, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar