
Twitter Incning koronavirus pandemiyasi sharoiti tufayli masofadan turib ishlayotgan xodimlari ushbu rejimga doimo amal qilishi mumkin, deya ma’lum qildi kompaniya.
“So‘nggi bir necha oy shuni ko‘rsatdiki, biz ushbu tartibda (masofadan turib) bemalol ishlay olamiz. Agar uyda ishlayotgan xodimlarimizni ushbu sharoit qoniqtirayotgan bo‘lsa va ular kelgusida ham masofadan turib ishlashni davom ettirmoqchi bo‘lsa, buni amalga oshirsa bo‘ladi“, — deyiladi kompaniya tarqatgan axborotda.
Shuningdek kompaniya o‘z ofislari eshigini sentabrda ochishini ma’lum qildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 4 million kishidan oshgan, 278 mingdan ortiq bemor vafot etdi.
TwitterMasofadan IshlashKoronavirus PandemiyasiXodimlarSog‘liqni SaqlashOfis Eshigi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar