date
views 1 910

Qatar aviakompaniyasi dunyodagi barcha tibbiyot xodimlariga bepul chiptalar taqdim qiladi

Qatar aviakompaniyasi dunyodagi barcha tibbiyot xodimlariga bepul chiptalar taqdim qiladi
Qatar Airways aviakompaniyasi pandemiya sharoitida mehnat qilayotgan dunyoning barcha tibbiyot xodimlariga 100 mingta bepul chiptalarni taqdim qiladi.

«Bu jasur erkaklar va ayollarning mehnati uchun minnatdorchilik bildirishga til va ishoralar ojizlik qiladi. Umid qilamizki, cheklovlar olib tashlanganidan so‘ng, Qatar Airways chiptalari ularga yaxshi hordiq chiqarish imkonini beradi», dedi aviakompaniya direktori Akbar Al-Bokir.

«Agar tibbiyot xodimi bo‘lsangiz sizga quyidagi imkoniyatlar va imtiyozlar beriladi:
- siz va hamrohingiz uchun Qatar Airways yo‘nalishlaridan birida dam olishga mo‘ljallangan ekonomklass toifadagi 2ta borish-kelish chiptalari;
- Dohadagi «Hamad» aeroportida joylashgan Qatar Duty Free magazinlarida 35 foiz chegirmalar», deyiladi xabarda.

Bepul chiptalar uchun promokodlar 12 maydan 18 maygacha beriladi. Ularni 28 noyabrgacha faollashtirish mumkin. Aksiyada ishtirok etish uchun saytdagi shaklni to‘ldirish lozim.

Bundan tashqari, aeroportdagi ro‘yxatga olish joyida tibbiyot xodimi guvohnomasining asl nusxasini ko‘rsatish talab qilinadi. Agar shifokor samolyotga qo‘yilmasa, uning hamrohi ham uchib ketolmaydi. Aksiya promokodlar tugab qolgunga qadar davom etadi. Ular mamlakatlar bo‘yicha navbatma-navbat, barcha ma’lumotlar tekshirilgan holda tarqatiladi. Agar ishtirokchi qalloblik qilsa, Qatar Airways uni aksiyadan chetlatadi. Chiptalardan 26 may kunidan 10 dekabrgacha foydalanish mumkin.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qatar aviakompaniyasi dunyodagi barcha tibbiyot xodimlariga bepul chiptalar taqdim qiladi