
Foto: Visual Science
Rossiyaning ilmiy vizualizatsiya bilan shug‘ullanuvchi Visual Science studiyasi SARS-CoV-2 koronavirusining eng batafsil 3D modelini yaratdi.
Model yaratuvchilarining ta’kidlashicha, bu hozirgi kunda koronavirusning eng aniq modeli hisoblanadi.
Dizaynerlarning so‘zlariga ko‘ra, yorqin ranglar bilan virus genomini kodlovchi oqsillar, kul rang tuslari bilan esa virus xo‘jayin-hujayradan oluvchi struktura tasvirlangan.
«Shu orqali biz viruslarning parazit va mustaqil bo‘lmagan tabiatini qayd etamiz», — deydi model mualliflari.
Vizualizatsiya kadrlarida membrana yuzasidagi oqsillarga ega SARS-CoV-2 koronavirusining mayda zarralarini ham ko‘rish mumkin.
KoronavirusD ModelSARS-CoV-2Ilmiy VizualizatsiyaModel YaratishVirus Genomi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar