
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt ichida mahalliy olimlar tomonidan koronavirusga qarshi yaratilgan vaksina haqida “muhim e’lon“ni ma’lum qilishini aytdi.
“Bugun dorilar va vaksinalarning terapevtik ahamiyati bilan bog‘liq juda muhim kun bo‘ldi... Aql bovar qilmas darajadagi natijalarga erishildi. Aynan nima muhimligi e’lon qilinadi“ dedi AQSH rahbari.
Prezident gap aynan nima haqida ketayotganini izohlamagan. Ammo uning ta’kidlashicha, “bozor deyarli ming punktga ko‘tarilgan“.
Oldinroq Amerikaning “Moderna” biotexnologiya kompaniyasi tomonidan koronavirusga qarshi yaratilgan vaksina klinik sinovlarning birinchi bosqichida ijobiy natijalar ko‘rsatgani haqida ma’lum qilgan edi.
AQSH PrezidentiDonald TrampKoronavirus VaksinasiMuhim E'lonKlinik SinovlarBiotexnologiya KompaniyasiTerapevtik Ahamiyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar