Foto: RIA Novosti / Mixail Alayeddin
Mamlakat ichki ishlar vaziri Nestor Reverol 3 may kuni dengiz tomondan kelgan kolumbiyalik jangarilar hujumi qaytarilganini ma’lum qilgandi.
Venesuela bosh prokurori Tarek Uilyam Saab 3 may kuni mamlakatga dengiz orqali kirishga uringan yollanma jangarilar guruhi yo‘q qilingan voqealarga aloqador 66 kishi qo‘lga olinganini aytdi.
Venesuela ichki ishlar vaziri Nestor Reverol 3 may kuni dengiz tomondan kelgan kolumbiyalik jangarilar hujumi qaytarilganini ma’lum qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar Venesuelaga tezyurar katerlarda bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Keyinroq hujumni qaytarish vaqtida 8 kishi qo‘lga olingani, 2 kishi o‘ldirilgani ma’lum qilingan.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hujumdan maqsad uni o‘ldirish bo‘lganini, hujum ishtirokchilari orasida ikki amerikalik - AQSH prezidenti shaxsiy qo‘riqlash xizmati xodimlari bo‘lganini aytgandi.
"Hozirda ushbu voqealarga aloqador 66 kishi qo‘lga olingan. Hibsga olish uchun 99ta order berilgan, bundan 63tasi ijro jarayonida. Eslatib o‘taman, bu odamlarning aksariyati mamlakatdan tashqarida, Kolumbiya va Qo‘shma Shtatlar orasida yuribdi", - dedi Venesuela bosh prokurori.
Bosh prokurorning qo‘shimcha qilishicha, tergov jarayonida yollanma jangarilar uchun moddiy-texnik ta’minot, o‘quv lagerlari ijarasi uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot aniqlangan – bu Venesueladagi Futuro Presente fondi bo‘lib, uning xodimlariga nisbatan ham qo‘lga olish haqidagi orderlar beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi