Foto: RIA Novosti
Tailandning Chulalongkorn universiteti tibbiy markazi SARS-CoV-2 koronavirus vaksinasini sichqonlarda sinab ko‘rdi va bu muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar bermoqda mamlakatning oliy ta’lim, fan, tadqiqot va innovatsiyalar vaziri Suvit Mesinsi.
“Ushbu loyiha nafaqat tailandliklar uchun, balki insoniyat uchundir... Biz vaksinani ishlab chiqib, dunyo hamjamiyatining muammolarini hal qilishda ishtirok etishimiz kerak”, — dedi vazir.
Ushbu vaksina kelasi haftada maymunlarda sinovdan o‘tkaziladi va keyin ko‘ngillilarda sinab ko‘rilishi mumkin.
“Hozirda AQSH va Kanadada Tailand vaksinasini ommaviy ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilmoqda. Agar sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, yil oxirida vaksina ommaviy ishlab chiqariladi“ deya qo‘shimcha qilgan vazir.
Ayni damda Tailandda 3040 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning 2916 nafari sog‘aygan, 56 kishi kasallikdan vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi