4 568
Ilon Mask o‘g‘lining tushunarsiz ismini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Ammo bu ism tushunarli bo‘lib qolmadi
Amerikalik tadbirkor, Space X va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask va uning sevgilisi, qo‘shiqchi Grayms o‘g‘lining tushunarsiz ismini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.
Shunga qaramay yangi tug‘ilgan chaqaloqning ismi tushunarsizligicha qolmoqda.
Mask va Grayms bir necha hafta oldin tug‘ilgan bolaga dastlab X Æ A-12 deb ism qo‘ygan edi. Biroq Amerikaning Kaliforniya shtati qonunchiligiga ko‘ra ismlarda arabcha raqamlar ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Milliarder va xonanda bolaga boshqa ism qo‘ydi. Endi ularning o‘g‘li X Æ A-Xii ismini oldi.
Grayms muxlislariga Mask bilan ishlatgan xiylasi haqida so‘zlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ismning so‘nggi qismi Xii bu Rim raqamlariga o‘xshatib yozilgan 12 raqami hisoblanadi.
«Rim raqamlari. Hatto endi yaxshiroq bo‘ldi», — deb yozadi xonanda.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi