NASA’da salkam yetti yil ishlagan Mark Rober hozirda turli aql bovar qilmas mexanizmlarni yig‘ib, ko‘ngilxushlik qilmoqda. Bu safar Rober olmaxonlar ustida tajriba o‘tkazishga qaror qildi, deb xabar beradi Meduza.
Karantin vaqtida Rober o‘zining hovlisiga qushlarning oziqlanishi uchun oxur (kormushka) o‘rnatgan. Biroq bu borada muammo yuzaga kelgan: olmaxonlar boshqalarning ovqatini o‘g‘irlab, qushlarning och qolishiga sababchi bo‘lgan. Bloger bu kabi holat davom etishiga yo‘l qo‘ymay, yegulik uchun mehnat qilish kerak deb hisoblagan va olmaxonlar uchun to‘siqlar yo‘lagini tayyorlagan.
Hayvonlar yong‘oqlarga yetib borguniga qadar arqon yo‘l va labirintdan o‘tishi, aylanayotgan mexanizmlarda yugurishi, platformadan platformaga sakrashi, kovboy ko‘rinishidagi kamera qarshisida rasmga tushishi kerak bo‘lgan. Oxir-oqibat barcha to‘siqlarni bosib o‘tgan olmaxonlar yegulikni qo‘lga kiritishi mumkin. Roberning so‘zlariga ko‘ra, tajriba vaqtida hech kimga jarohat yetmagan.
Rober olmaxonlarning tirishqoqligi uchun ularni oziqlantirish maqsadida alohida mini-stol o‘rnatgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"