Foto: Naoki Morita
Avvalroq hukumat iyul oyidan boshlab mamlakat kirib keluvchi har bir sayyohga kuniga taxminan 185 dollardan to‘lashi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.
Yaponiya Turizm ishlari vazirligi pandemiya davrida mamlakatga kelgan sayyohlarning xarajatlarini qisman qoplab berish rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Yaponiya rasmiylari xorijlik sayyohlar xarajatlarining yarmini qoplab berish imkoniyatlarini o‘rganayotgani aytilgan qator OAVdagi materiallar yuzasidan shuni ta’kidlashni istardikki, ishlab chiqilayotgan choralar faqatgina mamlakat rezidentlariga nisbatan tatbiq etiladi. Bu ijtimoiy dastur bo‘lib, mahalliy turizmni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan», – deyiladi vazirlik saytidagi bildirishda.
Avvalroq ham yapon matbuoti, ham jahon OAVda tarqalgan xabarlarda Yaponiya hukumati turizmni tiklash maqsadida iyul oyidan boshlab sayyohlarga kuniga 20 ming iyenadan (185 dollar atrofida) to‘lab berishi mumkinligi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, butun Yaponiya hududida e’lon qilingan favqulodda holat rejimi 25 may kuni tugatildi. Hozirda Covid-19 aniqlangan bemorlar soni kuniga o‘rtacha 20-80 nafarga ko‘paymoqda.
Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 16,6 ming kishini tashkil etmoqda, shundan 846 bemor vafot etgan, 13,8 ming kishi tuzalgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi