Bezosning ta’kidlashicha, kompaniya uchun bosh omil mijozlarga doimiy e’tibor hisoblanadi. U bu haqda Business Insider nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Bezosning ta’kidlashicha, agar hamma e’tibor raqobatchilarga qaratilsa, unda tezda motivatsiyani yo‘qotish mumkin.
“Siz allaqachon oldindasiz – unda yugurishning nima keragi bor? Agar siz e’tiborni mijozlarga mujassamlashtirsangiz, agar bu sizning motivatsiya bo‘lsa, bu juda barqaror omildir”, deb aytgan tadbirkor.
Bezos hattoki yetakchi kompaniyaning ham mijozlari nimadandir norozi bo‘lishlari mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Uning fikricha, har bir tadbirkor javob berishi kerak bo‘lgan asosiy savol “10 yildan keyin nima o‘zgarmaydi?” degan savoldir.
Milliarderning tushuntirishicha, kompaniya asoschilari uzoq vaqt davomida barqaror qoladigan narsa atrofida strategiyani qurishlari mumkin.
Ayni vaqtda Bezosning boyligi 143 mlrd dollarga baholanmoqda. Avvalroq Comparisum xizmati tahlilchilari 2026 yilga kelib u trillion dollarga ega dunyodagi ilk kishiga aylanishi mumkinligini aytishgan.
Aprel o‘rtasida Amazon’ning bozor narxi 1,14 trln dollarga yetgan, bu esa kompaniya uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi