Foto: IZVЕSTIYA/Pavel Bednyakov
Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan birinchi dori - “Avifavir” Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’qullandi. U 11 iyundan Rossiya shifoxonalariga tarqatiladi.
Ushbu dori vositasi Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ivestitsiyalar jamg‘armasi va “XimRar” kompaniyalari guruhi tomonidan Yaponiyaning “Favipiravir” dorisi negizida ishlab chiqilgan.
Biroq “Avifavir”ning tadqiqotlari yoz oxirigacha davom etadi. U shifoxonalarga shartnomalar bo‘yicha tarqatiladi va erkin savdoga chiqarilmaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiyada hozirgacha koronavirusni davolash uchun maxsus dorilar yo‘q edi. Asosan immun tizimi javobini chaqiruvchi dorilar, misol uchun bezgak yoki artritga qarshi qo‘llanuvchi gidroksixloroxinning aminoxinolin hosilalaridan foydalanilgan.
“Favipiravir” esa aynan RNK-saqlovchi viruslar chaqiruvchi yuqumli kasalliklarni davolash uchun ishlab chiqilgan. U gripp viruslari, jumladan parranda grippiga qarshi samarali ekanini ko‘rsatgan. Dori viruslar tarqalishini bloklaydi.
Ta’kidlanishicha, “Avifavir”ning koronavirusga qarshi samaradorligi 80 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi, biroq Yaponiyada “Favipiravir”ning samaradorligini isbotlay olmay, uning qo‘llanishi qoldirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi