date
views 4 745

Minneapolisda yuk mashinasi to‘g‘ri norozilik namoyishi ishtirokchilari ustiga haydaldi (video)

Minneapolisda yuk mashinasi to‘g‘ri norozilik namoyishi ishtirokchilari ustiga haydaldi (video)
Foto: NBC News
Minneapolisda yuk mashinasi shahardagi ko‘prik ustida to‘plangan namoyishchilar ustiga haydaldi. Bu haqda Minnesota jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, norozilik namoyishi ishtirokchilaridan hech kimga jarohat yetmagan, biroq yuk mashina haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan. U norozilik namoyishi ishtirokchilarini bosib ketishga uringani sabab hibsga olingan.

NBC’ning ta’kidlashicha, yuk mashinasi katta tezlikda odamlar tomon harakatlangan, namoyishchilar qochishga ulgurib qolgan. Minneapolis gubernatori Tim Vals yuk mashinasi noqonuniy ravishda yopiq trassa bo‘ylab harakatlanganini ma’lum qilgan. Haydovchining bunday yo‘l tutishiga nima sabab bo‘lgani noma’lum.

Tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib kelayotgan norozilik namoyishi 25 may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floyd vafot etganidan so‘ng boshlandi. AQSHning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e’lon qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Minneapolisda yuk mashinasi to‘g‘ri norozilik namoyishi ishtirokchilari ustiga haydaldi (video)