Foto: «RIA Novosti»
Hindistonning Gondal shahrida yashovchi Kapil Marakana bir amallab qabrdan chiqdi. Yovuz niyatli kimsalar uni tiriklayin ko‘mib yuborishgandi, deya xabar berdi «The Times of India» mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib.
Ta’kidlanishicha, o‘zining zarar ko‘rishlarida Kapilni ayblagan sobiq ish beruvchi sheriklari bilan birga uni o‘g‘irlab ketib, rosa kaltaklashgan. Keyin oyoq-qo‘llarini bog‘lab, tiriklayin ko‘mib yuborishgan. Shundan so‘ng jinoyat joyini tark etishgan.
«Marakana jon achchig‘ida qum ostida burala boshlagan va bir oyog‘ini chiqarib olgan. Bir qancha urinishlardan so‘ng tiriklayin ko‘milgan odam qum ostidan chiqishga muvaffaq bo‘lgan», — deya ma’lumot bergan huquq-tartibot organi xodimlari.
Jabrlanuvchi yaqin orada joylashgan turmagacha yugurib borib, sodir bo‘lgan voqea haqida politsiyaga xabar bergan. Jinoyatchilar qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi