Turkiya tashqi ishlar vaziri 24 TV telekanaliga bergan intervyusida Gretsiyaning “Aya Sofiya” muzeyida Qur’on o‘qilishi haqidagi tanqidlariga javob qaytardi.
“Turkiya Respublikasida qayerda azon chaqirilishi yoki Qur’on tilovat qilinishini kimlardandir so‘raymizmi? Turkiyaga bu borada aql o‘rgatadigan eng oxirgi davlat – bu Gretsiya. Yevropada masjidi yo‘q yagona poytaxt Afina hisoblanadi. “Aya Sofiya” Turkiyaning mulki va fath etilgan”, – dedi vazir.
29 may kuni Istanbul fathining 567 yilligi munosabat bilan «Aya Sofiya»da «Fath» surasi o‘qilgan edi. Gretsiya tashqi ishlar vazirligi bayonot tarqatib, buni tanqid qildi. Bayonotda aytilishicha, “Aya Sofiya”dagi tilovat butun dunyodagi nasroniylarning diniy hislariga ziddir. Shuningdek, Gretsiya “Aya Sofiya”da Qur’on o‘qilishini obidaning xarakterini o‘zgartirishga urinish deb baholadi.
«Aya Sofiya» 532-537 yillarda imperator Yustinian buyrug‘iga binoan barpo etilgan. 1453 yilda Sulton Mehmet Istanbulni fath etganidan keyin masjidga, 1935 yilda esa muzeyga aylantirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi