Foto: Waldo Swiegers/Bloomberg
BMW kompaniyasi xarajatlarni qisqartirish maqsadida 5 mingga yaqin ishchisini bo‘shatishni rejalashtirmoqda deb yozadi Kun.uz nashri.
Kompaniya shu yo‘l bilan o‘zining iqtisodiy holatiga jiddiy ziyon yetkazgan pandemiya oqibatlarini yengib o‘tishga harakat qilmoqda. Pandemiya sababli turli davlatlarda kiritilgan cheklovlar sababli kompaniya avtomobillariga talab pasayib ketdi. Ba’zi davlatlarda esa BMW mashinalariga talab nol qiymatgacha tushib ketgan.
2020 yilning 1-choragida kompaniya mashinalari savdosi jahon bozorida 6,4 foizga tushib ketgan. Kompaniya mutaxassislarining fikricha, bozor sust tiklanadi. Shu sababli, daromad olish muammo bo‘lib qoladi.
Kompaniya o‘z xarajatlarini qisqartirish uchun keskin choralarga, jumladan o‘z korxonalarida ishlovchi xodimlari sonini qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Bunda ishdan bo‘shatiladigan xodimlarga kompensatsiya to‘lash yoki muddatdan oldin pensiyaga chiqish kabi variantlar taklif etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”