Foto: Metro
Pensilvaniya universiteti dotsenti Pol Plenet rahbarligidagi AQSH epidemiologlari dunyo miqyosida COVID-19’ga sabab bo‘ladigan koronavirusning 6 xil turi tarqalayotganini aniqladi va bu haqdagi hisobot bioRxiv nashrida e’lon [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9kYXJ5by51ei9rLzIwMjAvMDYvMTAvb2xpbWxhci1rb3JvbmF2aXJ1c25pbmctb2x0aS14aWwtdHVyaS1kdW55by1ib3lsYWItdGFycWFsYXlvdGdhbmluaS1hbmlxbGFkaS8%3D]qilingan[/leech].
Tadqiqotlar davomida olimlar tomonidan dunyoning turli hududlaridagi koronavirus namunalarining 10,4 mingdan ziyod tuzilmasi o‘rganilgan.
Aniqlanishicha, CC256 va CC258 guruhi viruslari, asosan, AQSHda, CC70 va CC225 guruhi viruslari Yevropada, CC300 guruhi koronavirusi Janubiy Amerikada ham uchrab turibdi.
Plenet va uning hamkasblari tahlillar orqali epidemiya davomida deyarli o‘zgarmagan virus tuzilmalarini ochishga muvaffaq bo‘lgan.
Olimlarning fikricha, ular SARS-CoV-2 koronavirusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tuzilmalarni o‘rganish COVID-19’ga qarshi dori yoki vaksina ishlab chiqarishda asqotadi.
Avval olimlar tomonidan ayrim bemorlarda COVID-19 kasalligiga qarshi immunitet shakllanayotgani ma’lum qilingan. Bunga T-yordamchi-hujayralarning reaksiyasi sabab ekani va ular avval ma’lum bo‘lgan patogen virusga qarshi harakat qilishi ta’kidlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi