Foto: TASS
Koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda aviakompaniyalar daromadi 84 mlrd dollarga, yo‘lovchilar soni esa 2 martaga kamayadi. Bunday raqamlarni Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) keltirib o‘tdi.
Aprelning o‘zida aviakompaniyalar 2019 yilga nisbatan 95 foiz yo‘lovchini yo‘qotgan.
Aviakompaniyalar tushumi 2019 yilga nisbatan 50 foizga – 838 mlrd dollardan 419 mlrd dollargacha kamayadi. Avvalgi ko‘rsatkichlarni 2021 yilda tiklashga muvaffaq bo‘linmaydi. IATA aviakompaniyalar tushumi 2021 yilda faqatgina 598 mlrd dollargacha oshishini prognoz qilmoqda.
“Moliyaviy borada 2020 yil aviatsiya tarixida eng yomon yil bo‘ladi”, deb aytgan IATA rahbari Aleksandr de Jyunyak. Uning ta’kidlashicha, aviatashuvlar sohasi har kun 230 mln dollardan yo‘qotmoqda.
IATA prognoziga ko‘ra, yo‘lovchi avitashuvlariga talab 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 54,7 foizga kamayadi. Shuningdek, yo‘lovchilar soni 2020 yilda 2 martaga – 2,2 mrld kishiga kamayishi kutilmoqda. Bu esa taxminan 2006 yildagi ko‘rsatkichlarga teng hisoblanadi. Shu bilan birga prognozda traffik sekin-asta o‘sayotgani aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi