Foto: REUTERS/Guglielmo Mangiapane
Olimlar koronavirusning turli sirtlarda yashashi yo‘tal yoki aksirishda atrof-muhitga tarqaladigan virusli tomchilarning bug‘lanib ketishi tezligiga bog‘liqligini aniqlashdi.
News-medical.net nashrining yozishicha, mutaxassislar ko‘plab omillar va ko‘rsatkichlarni, jumladan atrof-muhit harorati, sirt turi va nisbiy namlikni hisobga oluvchi matematik modeldan foydalanishgan. Aniqlanishicha, atrof-muhitning yuqori harorati virusli tomchini tezroq quritishga yordam bergan, bu esa virusning yashashi ehtimolini keskin kamaytirgan. Namlik yuqori bo‘lgan joylarda tomchilar sirtda uzoqror qolib, bu holda virusning yashab ketishi ehtimoli oshgan.
Mutaxassislar ochiq havoda turli havo sharoitlarida tomchining qurishi vaqtini aniqlashgan va bu ko‘rsatkichlarning koronavirus tarqalishi tezligi bilan bog‘liqligini tekshirishgan. Ular Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles, Mayami, Sidney va Singapurni tanlab olib, bu shaharlarda koronavirusga chalinganlar soni oshishining tomchilar qurish vaqtiga bog‘liqlik grafigini tuzishgan. Aniqlanishicha, kasallanganlar soni ko‘payishi sur’ati yuqori bo‘lgan shaharlarda virusli tomchining qurishi vaqti kattaroq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi