AQSHning farmatsevtik vositalar ishlab chiqaruvchi Johnson & Johnson kompaniyasi iyulning ikkinchi yarmida koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda klinik sinovdan o‘tkazishni boshlaydi.
Kompaniya rahbari Pol Stoffelsning aytishicha, bu vaksinani ishlab chiqarishni tezlashtiradi.
Sinovlarni AQSH va Belgiyadagi 1045 ko‘ngillida boshlash rejalashtirilmoqda. Vaksina kompaniyaga qarashli Janssen Pharmaceutical Companies tomonidan ishlab chiqilgan.
10 may kuni Pol Stoffels kompaniya 2021 yilgacha koronavirusga qarshi 1 mlrd doza vaksina olishni mo‘ljallayotganini aytgan. O‘shanda klinik sinovlar sentabrda o‘tkazilishi va vaksinani ommaviy ishlab chiqarish dekabrda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp AQSHda koronavirusga qarshi 8 ta vaksina ustida ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgan.
JSSTning xabar berishicha, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga qarshi 100 dan ko‘proq vaksina ustida ish olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"