AQSH prezidenti Donald Tramp agar bu yil noyabr oyida o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida yutqazsa, o‘z mag‘lubiyatini tan olib, hokimiyatni saqlab qolishga urinmasligini bildirdi. Bu haqda u 12 iyun kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
«Albatta, agar men g‘olib bo‘lmasam, demak g‘olib bo‘lmayman. O‘zimning boshqa ishlarim bilan shug‘ullanaman», — degan Tramp.
Shu bilan birga, uning mag‘lub bo‘lishi mamlakat uchun «juda ayanchli» bo‘lishini, chunki Demokratik partiyaning siyosati «politsiya idoralarini yo‘q qilish», shuningdek, g‘alayonlarga qarshi kurashda «hech qanday chora ko‘rmaslikdan» iboratligini ta’kidlagan.
Shu tariqa AQSHning amaldagi davlat rahbari Baydenning Tramp yutqazsa, u saylov natijalarini «o‘g‘irlashga» harakat qiladi, degan gapiga munosabat bildirdi. Bayden shuningdek, Trampni Oq uydan harbiylar yordamida olib chiqishga to‘g‘ri kelishini taxmin qilgandi.
Bundan tashqari, Tramp saylovdagi raqibi, mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Jozef Baydenni qo‘rqoqlikda ayblab, o‘zi uchun «yerto‘lada boshpana» yaratgani va u yerdan chiqmaganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenligiga saylovlar 2020 yil, 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bunda amaldagi prezident Donald Trampga yagona raqib Demokratlar partiyasidan bo‘lgan 77 yoshli Jo Baydendir.
Avvalroq Jo Bayden Donald Tramp saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortsa, uni harbiy to‘ntarish kutayotganini ma’lum qilgani xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»