Foto: RIA Novosti
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Ukrainskaya pravda” nashriga bergan intervyusida o‘zidan avvalgi prezident Pyotr Poroshenko haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, u saylovlardagi g‘alabadan keyin Poroshenkoning shaxsiy uchrashuv haqidagi takliflarini bir necha marta rad etgan, chunki Poroshenko u haqida yolg‘on so‘zlar tarqatgan. Shu bilan birga amaldagi prezident sobiq prezidentni tajribali siyosatchi va manipulyator deb atagan.
“U men haqimda, oilam haqida bo‘htonlar tarqatgan, bu botofermalar... Ular meni faqat haqorat qilgan va barcha yolg‘on shundadir: meni giyohvandga chiqarishdi, yana nimalardir... Men bu yolg‘onlarning uzun yo‘lidan o‘tdim, so‘ngra u prezident sifatida nima qilgani haqida xulosa chiqardim. Men unga ishonmayman, u mening prezidentim ekanligiga ishonmayman”, deb aytgan Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, Poroshenko “xalqaro hamkorlarga u haqida uydirmalar aytgan”, shu sababli Zelenskiy xorijiy yetakchilar bilan uchrashganda, uni “Ukraina dushmani” sifatida qabul qilishgan.
Shunga qaramay, ikki siyosatchining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, Poroshenko unga mamlakatga yordam bermoqchiligini va “barchasini unutishni” taklif qilgan. Biroq Zelenskiyning aytishicha, Poroshenko bilan kelishish befoyda.
“U bilan kelishib bo‘lmaydi – bu haqda uning sobiq do‘stlari, sobiq dushmanlari, birinchi prezidentlarimiz aytmoqda. Ular “bundan foyda yo‘q” deb aytishmoqda. Shunchaki befoyda”, deb o‘z so‘zlarini davom ettirgan Zelenskiy.
Uning aytishicha, u Poroshenkoning bosh xatosini anglab ketdi.
“Uning bosh xatosi o‘zini Ukraina prezidenti deb hisoblashidadir. Hanuzgacha shunday o‘ylaydi. Keyin ham shunday o‘ylaydi. 10 yil o‘tgandan keyin ham u o‘zini Ukraina uchun nimadir qilgan yagona kishi, qolganlarni esa hech kimmas, deb hisoblayveradi”, deb ta’kidlab o‘tgan Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi