
AQSH prezidenti Donald Tramp AQSHning Germaniyadagi harbiy kontingentini qisqartirishga qaror qilganini e’lon qildi. Tramp Germaniyadagi qo‘shinlar sonini 2 martaga qisqartirmoqchi.
Tramp bu haqda 15 iyunda ma’lum qilgan. AQSH prezidentining ta’kidlashicha, u Germaniyada 25 ming harbiyni qoldirmoqchi. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Germaniyada 34,5 amerikalik harbiy bor. Biroq ba’zi jurnalistlarning ta’kidlashicha, Tramp 15 iyunda boshqa raqamlarni keltirgan. Uning ma’lum qilishicha, AQSHning Germaniyadagi qo‘shinlari soni 52 ming harbiyni tashkil qiladi.
Tramp bu qarorini Germaniya mudofaa uchun yetarlicha mablag‘ ajratmasligi va shu tariqa NATOga putur yetkazayotgani bilan tushuntirgan. Uning ta’kidlashicha, agar Berlin mudofaa budjetini oshirsa, u barcha harbiylarni yana Germaniyaga qaytaradi.
“Ular pul to‘lamasalar, nima uchun biz buni qilishimiz kerak?”, deb savol bilan yuzlangan Tramp Germaniyaga harbiy himoya taqdim qilinishini nazarda tutib.
Avvalroq Wall Street Journal nashri AQSH hukumatidagi manbalarga tayanib Tramp Pentagonga kuzgacha Germaniyadagi harbiylar sonini anchaga kamaytirishni buyurganini ma’lum qilgandi. Nashrda ta’kidlanishicha, Trampning qaroriga ko‘ra, sentabrgacha 9,5 ming amerikalik harbiy Germaniyani tark etishi rejalashtirilgandi.
Ikki kun o‘tib Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas ushbu xabarga izoh berib, AQSH bilan munosabatlar murakkabligini aytgan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar