
AQSH federal idoralari, qariyb yigirma yillik tanaffusdan so‘ng, iyul oyining o‘rtalarida o‘lim jazosini qayta tiklashni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda Xalqaro va Jahon siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy xabarlar va tahlil kanali.
AQSH bosh prokurori Uilyam Barr Federal qamoq byurosiga qotillikda hamda ikki nafar bolani zo‘rlashda ayblangan to‘rtta mahbus uchun o‘lim jazosi sanasini tanlashni buyurdi.
«Bugun o‘lim jazosi tayinlangan to‘rt qotil Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq to‘liq va adolatli sud jarayonidan o‘tdi», - deya Bosh prokurorning so‘zlaridan iqtibos keltiriladi AQSH Adliya vazirligi xabarida.
"O‘lim jazosi 13, 15, 17 iyul va 28 avgust kunlariga belgilangan" deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar