date
views 3 964

Jennifer Lopes jazirama kunlarni Tinch okeani sohilidagi hashamatli uyda o‘tkazadi (foto)

Jennifer Lopes jazirama kunlarni Tinch okeani sohilidagi hashamatli uyda o‘tkazadi (foto)
Foto: EPA
Jennifer Lopes va Aleks Rodriges yozning jazirama kunlarini Malibu sohilida joylashgan uyda o‘tkazishga qaror qilgan. Bu haqda Hello Magazine nashri xabar berdi.

Juftlik 2019 yilning fevral oyidayoq Tinch okeanining Malibu sohillaridan 6,6 million dollarga uy xarid qilgandi. Hududi 410 kv metrdan iborat uy 4 ta yotoqxona, uy kinoteatri va ko‘zguli yoga studiyasi, sauna, fitnes zali va jakuzili terrasani o‘z ichiga olgan.

Bu kabi imkoniyatlarga qaramasdan uyni ijaraga berishga, hatto sotishga qaror qilgan juftlik shu kunlarda Malibudagi boshqa bir hovli oldida paparatsiya nishoniga uchragan.

Ta’kidlanishicha, Aleks va Lopesning Bentley rusumli mashinasi uch qavatli uy yonida to‘xtagan. Shundan keyin OAV yulduzlar tashrif buyurgan uy suratini e’lon qilgan.

Foto: TheMLS

Foto: TheMLS
Ta’kidlanishicha, ijara narxi 70 000 dollarni tashkil qiladigan uy 3 ta yotoqxona, 5 ta yuvinish xonasi va mehmonxona hamda oshxonadan iborat. Xonalarning katta va keng oynasidan okeanni tomosha qilish imkoniyati mavjud.

Foto: Hello Magazine

Foto: TheMLS

Foto: TheMLS

Foto: TheMLS

Foto: Hello Magazine

Foto: Hello Magazine

Foto: Hello Magazine
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jennifer Lopes jazirama kunlarni Tinch okeani sohilidagi hashamatli uyda o‘tkazadi (foto)